Unda mutaxassislar tomonidan “Shon-sharaf” davlat muzeyining barpo etilganligiga qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsada, erishilgan yutuqlar hamda xalqaro hamkorlik aloqalarining istiqbollari xaqida ma’ruzalar o‘qildi. Shuningdek, xalqimizning jasorati tarixini ilmiy asosda o‘rganish, yuksak kasbiy mahorati, fidoiyligi va shijoati, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida kamol topishida o‘zining beminnat hissasini qo‘shib kelayotgan Harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga Mudofaa vazirining “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun”, shuningdek, “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
– Mening kamtarona xizmatlarim munosib baholanganidan minnatdorman. Bu kabi e’tibor men va kasbdoshlarimga o‘z xizmat vazifamizni sidqidildan ado etib, kelgusidagi faoliyatimizni yanada samarali va qat’iatlilik bilan davom ettirishimizda kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi,–deydi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi kadrlar va saf bo‘limi boshlig‘i–katta serjant Jamol Adamboyevich Jumaniyazov.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, muzeylar inson ma’naviyatining quvvati, tarix va bugunni bir biriga chambarchas bog‘lab turuvchi ko‘prik, o‘tmishni yod etish, ajdodlar qoldirgan boy madaniy va ma’naviy me’rosni anglashda muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, bugungi kunda yurtimizda muzeylar faoliyatini tubdan takomillashtirish, ular fondini yanada boyitish, kelajak avlodga ota-bobolarimizning vatan tinchligi va farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoiyligi, insonparvarligi va oliyjanoblik kabi fazilatlarini singdirish orqali ularni vatanga munosib vorislar qilib tabiyalash kabi ezgu maqsadlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.