Unda poytaxtimizdagi qator umumiy o‘rta ta’lim hamda Alohida talim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan internat maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlov avvalida Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli hamda qator san’atkorlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi. Ayniqsa, Ichki ishlar kinologiyasi tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi. Tanlov shartiga ko‘ra bolalar o‘z ijod namunalarida Vatan naqadar muqaddas ekani, tinchlik va farovonlikni qadrlash, shuningdek Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston halqining boshidan kechirganlari va g‘alabaga qo‘shgan hissasini namoyon etuvchi rasmlari bilan ishtirok etdi. Ushbu tanlovda ishtirok etgan bolajonlarga sertifikat hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bundan tashqari birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni olgan bolalarga qimmatbaho sovg‘alar hamda sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir so‘ngida bolajonlar san’atkorlar tomonidan ijro etilgan jozibali qo‘shiqlarga maza qilib raqsga tushishdi.