Shuningdek, majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi mard va qahramon ajdodlarimizga tegishli bo‘lgan orden va medallar, ularning shaxsiy buyumlari hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabada qo‘shgan munosib hissasi xaqidagi noyob ma’lumotlarni ko‘zdan kechirishdi.
– Ushbu majmua chin ma’noda yoshlarni vatanga bo‘lgan mehr va muhabbati, sadoqati hamda o‘z ota-bobolarining vatan tinchligini asrash yo‘lida ko‘rsatgan insoniyligi va jasoratini chuqurroq anglashda juda katta ahamiyatga egadir. Bu ulug‘ maskandir. Har bir eksponat va ma’lumotlarda qudratli va shonli tarix mujassam,–deya e’tirof etishdi delegasiya a’zolari.
Darhaqiqat, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki, xorijlik mehmonlarning ham qalbidan chuqur joy egallamoqda.