Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan bu majmua xalqimizning urushdagi yoʻqotishlari, tinchlik uchun kurashi va ulkan hissasini ifodalaydi. Shu bois bogʻ har doim, ayniqsa, bayram kunlarida yoshu keksalar bilan gavjum.
Bu yil ham 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ragʻbatlantirilmoqda. Ularning salomatligi hamisha eʼtiborda.
Gʻalaba bogʻida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari jam boʻldi. Ular ham majmua poyiga gullar qoʻydi.