O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9-sentyabrdagi PQ-4820 - sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash; shuningdek, Ikkinchi jahon urushida front va front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabani ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasini keng miqyosda targ‘ib qilish, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatini samarali tashkil etish, uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondini doimiy boyitib borish, ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va kelajak avlod uchun arxiv hujjatlari va ashyolarni saqlab qolish, yoshlarni yuksak gumanizm va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi “O‘zarxiv” Agentligi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 78 yilligi munosabati bilan joriy yilning 27-aprel kuni soat 09.30 da “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida ko‘rsatgan beqiyos jasorati: Tarix, talqin, texnologiya” mavzusida uchinchi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbariyati, qator xorijiy davlatlar vakillari, “Shon-sharaf” davlat muzeyi ilmiy xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi “O‘zarxiv” Agentligi vakillari tomonidan ma’ruzalar o‘qilib, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilandi. Shuningdek, konferensiyada Nederlandiya, Belorus, kabi qator xorijiy davlatlarning tadqiqotchilari zum orqali ishtirok etib, olib borilayotgan qidiruv ishlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hususida ma’lumotlar berishdi. Quvonarlisi shundaki, mazkur anjumanda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining ishtiroki 30 % dan ortiqni tashkil etdi.