Jumladan, Toshkent viloyatida istiqomat qilayotgan bir guruh o‘quvchi-yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari uchun yurtimizninig tarixiy va diqqatga sazovor joylarigi sayohatlar uyushtirildi. Shuninigdek, poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga bo‘lgan sayohat ertamiz egalarida katta taasurot qoldirdi. Ayniqsa, majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyini kuzatgan yoshlar ota-bobolarimizning muqaddas vatan tinchligini ta’minlashda ko‘rsatgan jasoratidan so‘zlovchi noyob ekasponatlardan o‘zlariga kerakli bo‘lgan hulosalarni chiqarib, – Ajdodlarga munosib davomchi bo‘lish bizning vatan oldidagi sharafli burchimizdir,–deya ta’kidlashdi. Sayohat chog‘ida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi. Darxaqiqat, vatan muqaddas va azizdir. Uning tinchligi va xotirjamligi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.