Urush faxriysi holidan xabar olindi
Urush faxriysi holidan xabar olindi
Urush faxriysi holidan xabar olindi
G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi jamoasi poytaxtimizning Yashnobod tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Fedor Fedin Semyonovich xonadonida bo‘lib, faxriy otaxonning holidan xabar olishdi.

        Otaxon 97 yoshni qarshilayotgan bo‘lishiga qaramay, mehmonlarni mamnuniyat bilan ko‘chaga chiqib, kutib oldi. Otaxon birin-ketin sovg‘alarni qabul qilib olar ekan, ayni yigitlik chog‘ida bosib o‘tgan olovli yo‘llari haqidagi hikoyasi bilan o‘rtoqlashdi. Fyodor Semyonovich 1927-yilda Rossiyaning Mordoviya o‘lkasida tug‘ilgan. 1944-yilda armiyaga chaqirilib, Minsk shahri yaqinidagi jangda qatnashgan. Urushda aloqachi va instruktor vazifasini bajargan Fedor Fedin 1944-yil 2-Belorussiya fronti tarkibida fashist bosqinchilariga, keyin esa Uzoq Sharq fronti tarkibida Kvantun armiyasiga qarshi qonli janglarda qatnashgan. Urush tugaganidan so‘ng, bir necha yil Xitoyda xizmat qilgan.

        1949-yilda Toshkent shahriga kelib, aviatsiya zavodida faoliyat yuritib ko‘plab mehnat mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Turmush o‘rtog‘i bilan birga ikki qizni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Har bir soniyada o‘lim sharpasi soya solib turadigan urush so‘qmog‘idan omon qaytgan Fedor Fedin mana shunday kunlarga yetib kelganiga shukronalar bildirdi.

        – O‘tgan yili shaxsan davlatimiz rahbarining sovg‘alarini olganimdan cheksiz quvondim. Menga avtomabil hadya qildilar. Harbiy yigitlar har bir bayramda meni eslab turishadi. Yurtni seving, uni hamisha ardoqlang, unga sadoqat bilan xizmat qiling. Ana shundagina har bir kunimiz bayram, shodu-xurramlik bilan o‘tadi,– deydi.

\

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing