Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizda hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, o‘zbek xalqining buyuk Gʻalabaga qo‘shgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini unutmaslikka chorlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tanlov ijodning quyidagi yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik.
Tanlovda O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, san’at maktablarining o‘qituvchilari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovasiya vazirligi, Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayeyn instituti talablari va o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.
Ushbu tanlov 2023 yildan boshlab har yili 9 may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasi tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov boshlangandan keyin 1 may sanasiga qadar «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:
• Tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezume);
• Pasport (ID-karta) nusxasi;
• Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
• O‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma’lumotnoma;
• 3x4 o‘lchamdagi 1 ta va 9x12 o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
• Tanlovda ishtirok etayotgan tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan to‘liq yakunlangan ijod namunasi (asar).
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar o‘z ijodiy ishlarini quyidagi manzilga «tanlovga» degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari yoki yo‘llashlari so‘raladi:
100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.
Aloqa uchun telefonlar: 99 860-18-87,
Tashkiliy qo‘mita