- Bogʻchamizda tarbiyachi opalarimiz har doim “Bizni ota-bobolarimiz buyuk insonlar boʻlishgan” deb gapirib berar edilar. Bugun biz “Gʻalaba bogʻi” ga kelib ota-bobolarimizni vatanmiz tinchligini asrab-avaylagani, tinchligimizni himoya qilish yoʻlidagi buyuk ishlari xaqida bilib oldik. Rostdan ham biz baxtli bolalar ekanimizni his qildik. Biz ham ulgʻaygach, vatanimiz tinchligini bor kuchimiz bilan himoya qilamiz,–deydi Olmazor tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi 5 yoshli qizaloq Soliha Gulyamova.
Shundan soʻng jajji bolalar “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir eksponatlar bilan tanishib, Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk gʻalabaga hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizning boshidan kechirganlari xaqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.