“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi  navbatdagi memorandumni imzoladi
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi  navbatdagi memorandumni imzoladi
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi  navbatdagi memorandumni imzoladi
Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

        Mazkur Kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida harbiy ilm-fanni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 9-sentabrdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlarida qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda tuzildi. Tomonlarning manfaatidagi masalalarnining mazmun-mohiyatidan hamda imkoniyatidan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, Institut bilan Majmua oʻrtasida ilmiy va ilmiy-metodik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kelishuvning ustuvor masalalaridan hisoblanadi. Tomonlar oʻrnatilgan tartibda tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi  jahon urushi yillarida front va front ortida koʻrsatgan mislsiz jasoratini ilmiy tadqiq etish, analitik tahlil qilish, qayd etish, targʻibot-tashviqot qilish va abadiylashtirish hamda elektron saytga joylashtirish kabi masalalar amalga oshirilishi belgilab olindi.

        Bundan tashqari, Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari, treninglar oʻtkazish yo'lga qo'yiladi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing