Bu esa, yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mutlaqo yangicha yoʻnalishi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangicha shakli hisoblanadi.
Poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining 400 ga yaqin aʼzolariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, hokimlik, davlat va jamoat tashkilotlari ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent shahridagi eng faol boʻlgan 15 ta “Vatan tayanchi” otryadlari aʼzolariga “Vatan tayanchi” harakatining nishonlari topshirildi.