Shundan soʻng, oʻz xizmat faoliyati davomida burchiga sadoqat bilan xizmat qilgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli kuchlar xizmatchilariga Mudofaa vazirining “Esdalik nishoni”, “Namunali xizmatlari uchun”, “Malakali Ustoz”, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgandan soʻng, nafaqat har tomonlama qudratli milliy armiya balki, tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari uchun ham qulay shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarning yaratilayotgani yurtimizda inson qadri nechogʻlik ulugʻlanib kelinayotganligidan dalolat beradi.