Yurtimizda tahsil olayotgan xorijlik yoshlar “Gʻalaba bogʻi”ga sayohat qilishdi
Yurtimizda tahsil olayotgan xorijlik yoshlar “Gʻalaba bogʻi”ga sayohat qilishdi
Yurtimizda tahsil olayotgan xorijlik yoshlar “Gʻalaba bogʻi”ga sayohat qilishdi
Maʼlumki, yurtimizning barcha oʻquv dargohlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar hamda talabalar qishki taʼtilga chiqishdi. Ularning ushbu taʼtilni mazmunli va samarali oʻtkazishlari uchun barcha qulaylik va sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, yoshlarning maʼnaviy xordiq chiqarishlari uchun mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirilmoqda. Bugun Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi ham talabalar bilan gavjum. Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan Xindiston hamda Pokistonlik yoshlar ushbu majmua faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
  • Yoshlarimizni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilayotgan sayohatlar ularga unutilmas onlarni hadya etmoqda. Hindistonlik hamda Pokistonlik yoshlar ajdodlarimizninig naqadar vatanparvar hamda fidoiy ekanliklari, vatan tinchligi uchun koʻrsatgan jasoratlarini oʻzida namoyon etgan tarixiy maʼlumotlar hamda eksponatlarni kuzatar ekan, Oʻzbekiston xalqi azal-azaldan oʻzining insoniyligi va oliyjanobligi bilan xalqlar oʻrtasida alohida eʼtirofga sazovor boʻlib kelishgan deya,-hayajon bilan olgan taassurotlarini bayon etishdi, bu kabi sayohatlarni taʼtil davomida amalga oshirish rejalashtirilgan, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha prorektori Bobomurotov Turdiqul Akramovich.

Xorijlik yoshlar majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyini ham kuzatar ekan oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi.

  • Men Oʻzbekistonga tahsil olish uchun kelganman. Xaqiqatdan ham oʻzbekiston xalqi mehmondoʻst va bagʻrikeng ekanligiga amin boʻldim. Bizga qaratilayotgan eʼtibor, ustozlarimizninig gʻamhoʻrligi sabab, Oʻzbekiston diyorini sevmasdan iloj yoʻq. Bugun biz “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga sayohat qilar ekanmiz, toʻgʻrisi xayratlandik. Muqaddas ona vatani tinchligi uchun jonini fido qilgan fidoiylar xaqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlar ekanmiz, ulardan biz ham faxrlandik,– deydi Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan 4- bosqich talabasi Hindistonlik

Darxaqiqat, vatan ravnaqi va tinchligi uchun matonat va jasorat koʻrsatgan yurt fidoiylari bilan har qancha faxrlansak va oʻrnak olsak shuncha kamdir. Talabalarning “Gʻalaba bogʻi” hamda “Shon-sharaf” davlat muzeylarigi boʻlgan sayohatlari davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing