Majmuadagi har bir hudud va eksponatlarni ko‘zdan kechirgan nuroniylar ushbu maskan faoliyatiga yuqori baho berib, tinchlik naqadar ulug‘ ne’mat ekani, uni asrab-avaylash esa, har bir fuqaroning burchi va vazifasi ekanini ta’kidlashdi. Ayniqsa, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi ota-bobolarimizning tinchlik uchun kurashib, jang maydonlarida ko‘rsatgan jasorati va qahramonligini ochib beruvchi ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirish mobaynida o‘zlarining yaqinlari haqidagi noyob ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi.