Dastavval delegatsiya a’zolari ushbu majmua hududidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi. Shuningdek, majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Vatan tinchligini himoya qilish yo‘lida hatto o‘z jonidan kechgan buyuk va qahramon ota-bobolarimizning jang maydonlarida ko‘rsatgan jasorati, ularning boshidan kechirgan azobu uqubatlarini o‘zida aks etgan ma’lumotlar hamda ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirib, olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.