Unda soha vakillari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasidan o‘rin olgan har bir hudud hamda “Shon-sharaf” davlat muzeydagi noyob ekspozisiyalar hamda nodir materiallar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek,mashg‘ulot davomida ushbu majmua faoliyatini ochib beruvchi videoroliklar namoyish etildi.
– Ushbu mashg‘ulotni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad, Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston xalqining vatan tinchligini asrab-avaylash yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va fidoiyligi xaqidagi ma’lumotlar bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan gidlarni yanada yaqinroq tanishtirib, ushbu majmuaga xorijdan tashrif buyurayotgan sayyohlarni ko‘proq jalb qilish, shu bilan birga, ajdodlarimizning ona vatanimiz tinchligini asrash yo‘lidagi fidoiyligi, ularninig yuksak matonati va oliyjanobligi xaqidagi noyob ma’lumotlar bilan yaqinroq tanishtirishdan iboratdir,–deydi Turizmni rivojlantirish instituti o‘quv-uslubiy bo‘limi bosh mutaxassisi Dilbar Abdullayevna.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Mazkur Institut turizm sohasida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar hamda izlanishlar olib borish, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashgan. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyida gidlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish mashg‘ulotlarini respublikamiz bo‘ylab keng doirada o‘tkazish rejalashtirlgan. Bu esa, o‘z navbatida ushbu soha vakillarini o‘tmish va bugun bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga zamin yaratmoqda.