Tashrif chog‘ida mehmonlar ushbu majmua hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil ma’lumotlar olishdi. Mazkur maskan faoliyatiga yuqori baho bergan delegasiya a’zolari Ikkinchi jahon urushida xalqlar va millatlar ozodligi yo‘lida yuksak jasorat va fidoiylik ko‘rsatgan O‘zbekiston xalqining boshidan kechirgan ayanchli kunlari hamda uni yengib o‘tishda bosib o‘tgan shonli yo‘li o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘rnak va namuna ekani, o‘z navbatida, ushbu majmua muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etishdi.