Tashrif chog‘ida mehmonlar "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasida bo‘lib, ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Dastavval, majmuadan o‘rin olgan "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi. O‘zbekiston xalqininig Ikkinchi jahon urushi yillarida millatlar ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoiyligi va jasoratiga yuksak baho berib, olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.