Dastavval delegasiya a’zolari majmua hududidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyatiga yuqori baho bergan mehmonlar o‘zbekiston xalqi azal-azaldan mehridaryo va oliyjanob xalqlardan ekanligini ta’kidlab, ushbu majmuadan olgan taasurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.