– Ushbu memorandumning asosiy maqsad va vazifasi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini samarali tashkil etish, uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondini doimiy ravishda boyitib borish, ushbu yoʻnalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va kelajak avlod uchun arxiv hujjatlari va ashyolarni saqlab qolish, talabalarning taʼlim muassasida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirishlari uchun kengroq shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishdan iborat,– deydi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi boshligʻi, polkovnik Yusupov Shuxrat Nabiyevich.
Oʻzaro hamkorlik uchrashuvida myemorandumda koʻzda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Muzeyshunoslik” kafedrasi filialini “Shon-sharaf” davlat muzeyida ochish boʻyicha ham kelishib olindi. Filial faoliyatini samarali yuritish uchun shart-sharoitlar yaratish, ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, uchrashuvlar, seminarlarda faol ishtirok etish, muzeylar ekspozitsiyalarini boyitish, muzeylar fondlarida saqlanayotgan ashyolari va muzey kolleksiyalarini namoyish etish, meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga hozirgi zamon, xalqaro tajribalardan kelib-chiqib, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha loyihalar, takliflar ishlab chiqishda hamkorlik qilish borasida amalga oshirilish lozim boʻlgan masalalar hususida atroflicha fikr almashildi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilar hamda talabalar “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.