Jumladan, 21-oktyabr kuni Qozog‘iston jangchi-faxriylari tomonidan avtomarafon tashkil etilib, ishtirokchilar 29 oktyabr kuni Toshkentga yetib keldi. Mehmonlarni O‘zbekiston «VETERAN» jangchi-faxriylar va nogironlar Birlashmasi vakillari kutib olishdi. Shundan so‘ng, Marafon ishtirokchilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi. Tarix va bugunni bog‘lab turuvchi ushbu majmua mehmonlarda katta taasurot qoldirdi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyidan o‘rin olgan Ikkinchi jahon urushi davrida vatan tinchligni dushmandan himoya qilish yo‘lida O‘zbekiston xalqining millatlar ozodligi va xalqlar tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, insoniyligi va oliyjanobligidan hikoya qiluvchi nodir eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv chog‘ida “Shon -sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Unda ikki davlat faxriylari o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida fikr almashdilar. Shundan so‘ng, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida Qozoqiston jangchi-faxriylari tomonidan O‘zbekiston «VETERAN» jangchi-faxriylar va nogironlar Birlashmasi vakillariga Qozoq milliy kiymlari esdalik sifatida topshirildi.