“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda
Joriy yilning 29-oktyabr kuni “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida poytaxtimizning Olmazor va Chilonzor tumanlarida faoliyat yuritayotgan “Yosh Temurbeklar” va “Alpomish oʻquv-sport” vatanparvarlik sport guruhlari tarbiyalanuvchilari hamda Sergeli tumanida joylashgan 351-maktab qoshidagi NTM “Akadem Plyus” Yosh qutqaruv harbiy vatanparvarlik klubi tinglovchilari “Tantanali vaʼda” berishdi.

Unda “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi rahbariyati, Qurolli kuchlar ishchi va xizmatchilari, harbiy xizmatchilar, boʻlajak vatan posbonlarining ota-onalari hamda bir guruh oʻquvchilar ishtirok etdi. Yuzu - koʻzida ertangi kunga boʻlgan ishonch aks etib turgan yoshlar ona vatanga boʻlgan muhabbatini shu bilan birga, kelajakda burchiga sadoqat bilan xizmat qilish kabi ezgu maqsadlarini tantanali vaʼda berish orqali bayon etdilar. Tadbirda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi harbiy orkestor jamoasi tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Ayniqsa, boʻlajak vatan himoyachilari tomonidan ijro etilgan  jangovor sahna koʻrinishlari  barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

  • Men bugun judayam hayajondaman. Farzandim “Tantanali vaʼda” berdi. Bu har bir ota-ona uchun katta umid va masʼuliyat yuklaydi. Mustaqil va yangi Oʻzbekistonimiz kelajagi umidli yoshlar qoʻlida ekanligiga yana bir bor guvoh boʻldik. Bularning barchasi yurtimizda olib borilayotgan oqilona islohotlarning natijasi deb bilaman, – deydi Sergeli tumanida joylashgan 351-maktab qoshidagi NTM “Akadem Plyus” Yosh qutqaruv harbiy vatanparvarlik klubi tinglovchisi Hamidov Muhammadjonning onasi Valiyeva Inobat.

Albatta, yurtimizda faoliyat yuritayotgan bu kabi maktablar oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing