Mazkur Majmua hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida turli hil vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar doimiy ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 26 – oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Kino, televideniya va radio sanʼati fakulteti “Kino-teleoperatorlik” taʼlimi oʻynalishi boʻyicha 2-bosqich talabalari tomonidan “Ikkinchi imkon” nomli qisqa metrajli film tasvirga olindi. Unda ertamiz egalari ajdodlarimizning bosib oʻtgan mashaqqatli xayot yoʻllari hamda Ikkinchi jahon urushi davrida erishilgan buyuk gʻalabadan soʻng oʻz yaqinlarini toshkent temir yoʻl vokzalida kutib olayotgan jarayonlarni oʻzida aks etgan sahna koʻrinishlarini zoʻr mahorat bilan ijro etdilar.