Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi, hamda “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti QR kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislarini tayyorlash markazi, Tuman Mudofaa ishlari bo‘limlari, Mulofaa vazirligi xuzuridagi jamoatchilik kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududiy bo‘linmasi xodimlari, Qurolli Kuchlar faxriylari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat va sanat instituti vakillari hamda bir guruh o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdi. Uchrashuvda nuroniylar hamda Qurolli kuchlar faxriylari yoshlar bilan samimiy muloqat qilishdi. Vatan himoyachisidek sharafli bo‘lgan harbiy sohaga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxasislardan javoblar olishdi. Tadbir so‘ngida ertamiz egalari vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlarni ijro etib kechaga o‘zgacha zavq ulashdi. Bundan tashqari o‘quvchi yoshlar o‘zlarining qo‘l mexnatlari asosida yaratilgan ijod namunalarini ham namoyish etdilar. Tadbir doirasida Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, vatan tinchligini himoya qilish yo‘lida jasorat ko‘rsatib, buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan, bugungi kunda To‘rtko‘l tumanida istiqomat qilayotgan Galenko Ivan Fedotovich hamda Qorao‘zak tumanida keksalik gashtini surayotgan Genjemurat ota Allaniyazovlarning xolidan xabar olinib, dildan suhbat qurildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar To‘rtko‘l tumanida umrguzaronlik qilayotgan 108 yoshli Tursunoy ona xonadonida bo‘lishdi. Mehmonlar tashrifidan boshi osmonga yetgan onaxon, “Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin”–deya duoga qo‘l ochdi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Qangli ovul fuqarolar yig‘ini, Matar yop mahallasida istiqomat qilayotgan 83 yoshli To‘lg‘on aya Davletbayeva 10 nafar farzandini Vatanga munosib inson qilib tarbiyalagani, bugungi kunda farzandlari hamda nabiralaridan bir nechtasi harbiy sohada o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgani inobatga olinib, O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tomonidan “Vafo va sadoqat uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Onaxonning turmush o‘rtog‘i Oliy toifali o‘qituvchi Yendirboy ota Davletboyev ushbu tumumannig 29-umumta’lim maktabida 40 yildan ortiq tarix fanidan yoshlarga ta’lim berib, bir necha yil rahbar lavozimida faoliyat yuritgan. 1990 yilda Yendirboy otaning vafotidan so‘ng To‘lg‘on aya bir o‘zi yolg‘iz 10 nafar farzandini o‘qitib, el koriga yaraydigan inson qilib tarbiyalagan.
Darxaqiqat, yurtimizda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yoshlarni o‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi ko‘p asirlik milliy qadriyat va an’analarimizga sodiq qolgan holda tarbiyalashda olib borilayotgan amaliy ishlar mustahkam kelajakni barpo etishda dasturil amal bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Bu kabi tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman va qishloqlarida davom etmoqda.