Uch avlod uchrashuvi vatanparvarlik ruhida tashkil etildi
Uch avlod uchrashuvi vatanparvarlik ruhida tashkil etildi
Uch avlod uchrashuvi vatanparvarlik ruhida tashkil etildi
“Ajdodlar jasorati mangu qalblarimizda” Maʼlumki bugungi kunda yurtimizda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizning vatan tinchligi, xalq farovonligi yoʻlida koʻrsatgan matonati va jasoratini yoshlarga namuna va oʻrnak sifatida targʻib qilish, shu bilan birga, mexnat fahriylari hamda keksa avlod vakillariga hurmat va ehtirom koʻrsatish borasida tizimli va samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 19-20-sentyabr kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumani hokimiyati binosida “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda Respublika “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi hamkorligida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, mexnat faxriylari,  turli  tashkilot va idora rahbarlari, mahalla raislari hamda yoshlar ishtirok etdi. Soʻz olganlar soʻnggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan odilona siyosat tufayli xech kim eʼtibordan chetda qolmayotgani, bugungi tinch va osuda kunlarimizga shukronalik hissi bilan yashash, oʻz navbatida mustaqil va yangi Oʻzbekistonimizni har tomonlama rivojlanishiga har bir fuqaro oʻz hissasini qoʻshishi lozimligi, shu bilan birga, ajdodlarimizga munosib voris boʻlish muqaddas burch ekanini alohida taʼkidlashdi. Uchrashuv davomida tumanda istiqomat qilayotgan bir qator fidoiy va jonkuyar faxriylarga, shu bilan birga tuman hokimi Alisher Abdugʻaniyevga tumanda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi hamda mexnat faxriylariga har tomonlama koʻmak berib, yosh avlodni vatanparvar, oʻz ona yurtiga sodiq farzandlar qilib tarbiyalashdagi koʻrsatgan xizmatlari qadrlanib, Respublika “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali hamda tashakkurnomalar  tantanali ravishda topshirildi.

  Barchaga unutilmas onlarni hadya etgan vatanparvarlik tadbiri tumanning 60-umumtaʼlim maktabida oʻquvchi yoshlar ishtirokida davom etdi.

  • Bugungi uchrashuvda ota-bobolarimizning bugungi tinch va osuda kunlar uchun hatto oʻz jonini qurbon qilganliklari, ularning insonparvarligi hamda boshidan kechirgan ayanchli taqdiri bilan bogʻliq noyob maʼlumotlarga guvoh boʻldik. Men ham ajdodlarim kabi mard va jasur oʻgʻlon boʻlib, yurtimiz tinchligini asrashga, Yangi Oʻzbekistonimizning dunyohamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirishga oʻz hissamni qoʻshishga vaʼda beraman,– deydi ushbu maktabning 6-F sinf oʻquvchisi Shokirjon Boymurodov.

Darxaqiqat, bu kabi tadbirlar yoshlar ongida vatanparvarlik ruhiyatini mustahkamlab, oʻtmishni yod olgan holda bugungi osoyishta kunlarni qadriga yetish, shuningdek, vatanga munosib avlod boʻlib kamol topishida muhim oʻrin tutadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing