Davra suhbatini “Stalingrad jangi” muzey panoramasi direktori Dementyev A.V kirish soʻzi bilan ochdi. Davra suhbatida Rossiya, Oʻzbekiston, Italiya, Belarus Respublikasi yodgorlik majmualari va muzeylari vakillarining chiqishlari boʻlib oʻtdi.
Ushbu onlayn tadbirda “Shon-sharaf” davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Sh. Raximov “Oʻzbekistonlik jangchilarning Stalingrad jangidagi ishtiroklari” mavzusidagi maʼruzasi bilan qatnashdi.