“Gʻalaba bog‘i” majmuasi xorijlik mehmonlarning ham sevimli maskaniga aylanib bormoqda
“Gʻalaba bog‘i” majmuasi xorijlik mehmonlarning ham sevimli maskaniga aylanib bormoqda
“Gʻalaba bog‘i” majmuasi xorijlik mehmonlarning ham sevimli maskaniga aylanib bormoqda
Isroil davlatining nufuzli Xolon texnologiya instituti  va Ariyel universitetlari professor-o‘qituvchilari hamda soha mutaxassislaridan iborat delegasiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

        Dastavval mehmonlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga Isroil davlati tomonidan o‘rnatilgan “Minnatdorlik yodgorligi” poyiga gul qo‘yishdi. Shundan so‘ng, “Shon-sharaf” davlat muzeyidan o‘rin olgan eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Ta’kidlash kerakki, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijlik mehmonlarning ham sevimli maskaniga aylanib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan munosib o‘rni va nufuzining yanada ortib borayotganidan dalolat desak aslo xato bo‘lmaydi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing