MDH mamlakatlari orasida O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilayotgan mazkur sammitda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar hamda hamkor xalqaro parlament tashkilotlarining ayol rahbarlari ishtirok etadi. Mazkur anjumanga ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Uganda Respublikasi Parlamenti a’zolari poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, mazkur masakn faoliyati bilan yaqindani tanishdilar.
–“Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqi chin ma’noda mehridaryo, fidoiy, nafaqat o‘z xalqi, balki, millatlararo mehr va oqibatni mustahkamlashda katta jasorat ko‘rsatganligiga ushbu majmuadagi eksponatlar va noyob ma’lumotlar orqali yana bir bor guvoh bo‘ldik”- deya ta’kidlagan mehmonlar ushbu mskan faoliyatiga yuqori baho berishdi.