Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan “Gʻalaba bogʻi” majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyida oʻz xizmat burchini vijdonan bajarib kelayotgan bir guruh xarbiy xizmatchilar hamda Qurolli kuchlar ishchi va xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining “Namunali xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining esdalik nishoni”, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Taʼkidlash joizki, 1-sentyabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy xayotida beqiyos oʻringa ega boʻlib, eng aziz va eng ulugʻ kun sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Yurtimiz mutsaqilikka erishgach, barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilib, qator yutuqlarga erishildi. Bu oʻz navbatida, yurtdoshlarimiz qalbida ona vatanga boʻlgan ishonch, bugungi tinch va osoyishta kunlarni qadriga yetish, jonajon va Yangi Oʻzbekistonimiz nufuzini dunyohamjamiyatida tutgan oʻrnini yanada oshirish, shu bilan birga, ajdodlarimizdan bizga meʼros boʻlgan muqaddas zaminimizni asrab-avaylashda kuch va shijoat bagʻishlaydi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik shodiyonasi bilan barcha yurtdoshlarimizni “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz.