Nufuzli mehmonlar dastavval majmua hududidagi matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova hamda uning sadoqatli kelinlari sharafiga o‘rnatilgan "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘yib, tazim bajo keltirishdi. Shundan so‘ng, "Shon-sharaf" davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif chog‘ida mehmonlarga "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi rahbariyati tomonidan esdalik sifatida "Ikkinchi jahon urushi davridagi O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan oliyjanobligi va qahramonligi»ni o‘zida aks etgan kitoblar sovg‘a qilindi. "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi hamda "Shon sharaf" davlat muzeyi faoliyatiga yuqori baho bergan martabali mehmonlar ushbu maskandan olgan taasurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.