Nufuzli mehmonlar dastavval majmua hududidagi "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qoʻyishdi. Shundan soʻng, "Shon-sharaf" davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif chogʻida mehmonlarga "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasi rahbariyati tomonidan esdalik sifatida Ikkinchi jahon urushi davridagi Oʻzbekiston xalqining koʻrsatgan oliyjanobligi va qahramonligini oʻzida aks etgan kitoblar sovgʻa qilindi. "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasi hamda "Shon-sharaf" davlat muzeyi faoliyatiga yuqori baho bergan mehmonlar ushbu maskandan olgan taassurotlarini faxriy mehmonlarning dil izhorlarini bitish kitobiga yozib qoldirishdi.