- Oʻzbekiston xalqi azal-azaldan xalqparvar, bolajon va mehmondoʻsdir. Bugungi kunda yurtingizda olib borilayotgan islohotlar natijasida buyuk ajdodlarga, keksalarga koʻrsatilayotgan chuqur xurmat va ehtirom Oʻzbekiston xalqining naqadar fidoiy va vatanparvar ekanligidan dalolatdir,- deydi delegatsiya rahbari Dogʻan Akkaya. "Shon sharaf" davlat muzeyidagi nodir eksponatlar hamda noyob materiallar delegatsiya vakillarida katta taasurot qoldirdi.