Shuningdek, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli salbiy illatlar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish va o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari o‘rtasida mehr-oqibat, insoniylik hislatlari hamda raqobatni shakllantirish kabi muhim masalarni amalga oshirishdan iboratdir. Tanlov shartlariga ko‘ra “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” yo‘nalishi bo‘yicha Havo Hujumidan Mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligidan yetakchisi faxrli birinchi o‘rinni, “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi xonasi” yo‘nalishi bo‘yicha esa Markaziy harbiy okrugi qatnashchilari birinchi o‘rinni egallashga muvofiq bo‘lishdi. O‘ylaymizki, bu kabi tanlovlarning o‘tkazib kelinayotgani Xalq va armiya birdamligini mustahkamlash, yoshlarda ona vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirib, vatanga munosib komil inson bo‘lib voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.