Dastavval mehmonlar majmua hududidan o‘rin olgan Zulfiya Zokirova va uning kelinlari sharafiga o‘rnatilgan “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yib, ta'zim bajo keltirishdi. Shundan so‘ng, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir materiallar va noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu maskan faoliyatiga yuqori baho bergan mehmonlar O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan matonati va fidoiyligi xususida fikr almashdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan yetarlicha javob olishdi. Ushbu maskandan olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.