O‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini o‘tab, tinchlik va osoyishtalik, ajdodlarga bo‘lgan chuqur xurmat va ehtirom ramzi bo‘lmish ushbu maskan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, “Shon-sharaf” davlat muzeyidan o‘rin olgan ota-bobolarimizga tegishli bo‘lgan noyob eksponatlar hamda nodir materiallarni ko‘zdan kechirgan mehmonlar, o‘tmishda O‘zbekiston xalqining tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan matonati, xalqlar va millatlar ozodligi yo‘lidagi oliyjanobligi va insonparvarligi xususida so‘z yuritib, olgan taassurotlarini yozib qoldirishdi.