Jumladan, bugun bir guruh nuroniylar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” dalat muzeyida bo‘lib, ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishib, vatan tinchligi va xalqlar ozodligi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan ota-bobolarimizning buyuk g‘alabag qo‘shgan ulkan hissasini o‘zida madh etgan eksponat va ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirishdi. –Bugungi tinch va osuda kunlarimiz bardavom bo‘lsin,– deya ta’kidlagan nuroniylar mazkur majmua faoliyatiga yuqori baho berdi.