Unda Mudofaa vazirligi rahbariyati, Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari vakillari, harbiy matbuot faxriylari hamda vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti jamoasi ishtirok etdi. Tadbirda Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda izchil demokratik islohotlar kechayotgan bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishida matbuot va ommaviy axborot vositalarining o‘rni va olib borayotgan samarali faoliyati xususida so‘z yuritildi. Tadbirda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti shaxsiy tarkibi, jumladan, "Vatanparvar" birlashgan tahririyati ijodiy jamoasining mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirish, qo‘shinlar faoliyatini, harbiy sohada kechayotgan islohot va o‘zgarishlarni keng targ‘ib qilish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fidoiylarcha xizmat qilayotgan bir guruh jurnalistlar Mudofaa vazirining “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tadbirda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga birdek quvonch ulashdi.