Vatan tinchligini asrashga qodir farzandlarmiz
Vatan tinchligini asrashga qodir farzandlarmiz
Vatan tinchligini asrashga qodir farzandlarmiz
Toshkent Islom Universitetining bir guruh talabalari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi. Dastavval yoshlar matonatli oʻzbek ayoli Zulfiya Zokirova hamda uning kelinlari sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik poyiga gulchambar qoʻyib, tazim bajo keltirishdi.

Ushbu majmua hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyidan oʻrin olgan ekspozitsiyalar, ikkinchi jahon urushi davriga oid boʻlgan harbiy texnika vositalari bilan tanishgan yoshlar vatan tinchligi naqadar bebaho neʼmat ekani, uning davomiyligini taʼminlash esa, barchamizning farzandlik burchimizdir, –deya taʼkidlab, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan yetarlicha javoblar olishdi. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, yurtimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni ajdodlarga munosib tarzda kamol topishlari uchun olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar albatta kelajakda oʻz samarasini beradi. Ushbu sayohatdan olam-olam taasurotlarga ega boʻlgan yoshlar albatta oʻz xalqi va ona vataniga munosib vorislar boʻlib yetishadi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing