Jumladan, O‘zbekistonga urush bo‘layotgan va dushman ishg‘ol qilish xavfi yuqori bo‘lgan hududlardan turli millat vakillaridan iborat bir yarim milliondan ortiq aholi evakuasiya qilingan. Jumladan: Ukraina, Belarussiya, Rossiya, Moldova va Polshadan 250 ming atrofida ashkenazi yahudiylari ham ko‘chirib keltirilgan. Zahmatkash xalqimiz ularga bosh pana berib, mehr va sahovat ko‘rsatdi. Joriy yilning 26 may kuni Isroil davlati tomonidan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga o‘rnatilgan “Minnatdorlik yodgorligi”ning ochilish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zexavit Ben-Gilel xonim, diplomatik korpus vakillari hamda majmua jamoasi ishtirok etdi. Ushbu yodgorlik toshida qo‘yidagi so‘zlar uch hil tilda o‘zbek, rus va ingliz tillarida bitilgan: “1941-yildan 1942- yilgacha urushning og‘ir va ocharchilik davrida O‘zbekistonga bir yarim milliondan ortiq qochqinlar va evakuasiya qilinganlar olib kelindi. Ular orasida bir necha yuz ming yordamga muhtoj yahudiy qochqinlari bo‘lgan. Nonini baham ko‘rgan o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi tufayli qochqinlar bu yerda boshpana topgan. Yahudiy xalqi va Isroil davlati buni minnatdorlik bilan xotirlaydi va qadrlaydi”. Tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi davridagi jasorati va bag‘rikengligi borasidagi insoniylik fazilatlarini yodga oldi.
– Ikkinchi jahon urushi butun dunyo xalqlari boshiga og‘ir kunlarni soldi. Begunoh, yosh va navqiron yigitlar bevaqt hazon bo‘ldi. Urush davrida O‘zbekiston xalqi millionlab turli millat vakillarini huddi o‘z qondoshidek bag‘riga olib, cheksiz muruvvat ko‘rsatdi. Isroil davlati tomonidan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sovg‘a qilingan ushbu yodgorlik, xalqlar ozodligi yo‘lida jasorat va fidoiylik ko‘rsatgan O‘zbekiston xalqiga bo‘lgan chuqur minnatdorchilik ramzidir, –deydi Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zexavit Ben-Gilel xonim.
– Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, deya ta’kidladi “Shon-sharaf” davlat muzeyi Ilmiy bo‘limi boshlig‘i Ibodulla Altыnov. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi arafasida Yahudiy xalqi 13 milliondan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, qariyib 9 millionga yaqini Yevropa mamlakatlarida istiqomat qilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekiston halqiga minnatdorchilik ramzi sifatida o‘rganatilgan ushbu yodgorlk toshi juta katta tarixiy hamda tarbiviy ahamiyatga ega bo‘lib, u bizni bugungi tinch va osoyishta davrimizga shukronalik, tinchlikni asrash yo‘lida o‘z jonlarini qurbon qilgan ota-bobolarimiz hamda mehnatkash xalqimizning beqiyos jasoratini unutmaslikka chaqiradi.
Darxaqiqat, tarixga murojaat etmoq – bu nafaqat insoniyatni fashizm balosidan qutqarganlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, balki xotira muqaddas ekanligini anglashdir.