Yoshlar majmua hududidagi Ikkinchi jahon urushi davrida jang maydonlarida qo‘llanilgan harbiy texnikalar bilan tanishib, – Tinch va osuda O‘zbekiston farzandi ekanimizdan baxtiyormiz,– deya ta’kidladilar. Sayohat davomida bolalar “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi eksponat va ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirib, ota-bobolarimizning tinchlik uchun kurashib, jang maydonlarida ko‘rsatgan jasorati va ona vatanga bo‘lgan sadoqatini o‘zida namoyon etgan noyob ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.