Unda Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda yoshlar ishtirok etdi. Marafon qatnashchilari Qoraqamish 4-tor va Qoraqamish 2-tor, Kichik xalqa yo‘li, Sag‘bon, Oltinsoy, Dilsaroy ko‘chalari orqali “G‘alaba bog‘i”dagi finishga yetib kelishdi. “Men g‘olib” shiori ostidagi marafonda yurt posbonlari Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, belgilangan masofani bosib o‘tishdi. Marafonning yakuniy natijalariga ko‘ra harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi marafonda 3- va 1- o‘ringa Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilgan Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari leytenant Nuriddin Rahmatov (1-o‘rin) va 3-darajali serjant Ilxom Nazarov (3-o‘rin) egalladi. 2- o‘rin Davlat xavfsizlik xizmati vakiliga nasib etdi. Mazkur marafonda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari orasidan ham g‘oliblar aniqlandi. Unga ko‘ra 3-o‘rin Ichki ishlar akademiyasi, 2-o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda 1-o‘rinni Qurolli Kuchlar akademiyasi sharafini himoya qilgan kursantlar qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida 3-o‘ringa Prezident Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi munosib deb topildi. 2-o‘rinni esa Davlat xavfsizlik xizmati vakillari egallashdi. Sport marafonining mutloq g‘olib sifatida Mudofaa vazirligi jamoasi e’tirof etildi. Marafon so‘ngida g‘olib va sovrindorlar medal, maxsus kubok hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.