Sana munosabati bilan ushbu maskanda Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdi. Shuningdek, majmuada 9-may – Xotira va qadrlash kunini munosib nishonlash maqsadida yurtdoshlarimiz uchun bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda yurtimizning taniqli sanʼatkorlari, mamlakatimizning turli tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan isteʼdodli yoshlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar, teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.