Majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida ertamiz egalari barchaga unutilmas onlarni hadya etib, vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari, turli jozibali raqslarni ijro etib barchani hayratga soldi. Shundan so‘ng, bolajonlar “Gʻalaba bog‘i” hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyidan o‘rin olgan O‘zbekiston xalqining ikkinchi jahon urushi davrida ko‘rsatgan qahramonliklari va fidoiyligidan so‘zlovchi noyob eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
– “Gʻalaba bog‘i”ga sayohat qilib o‘tmishda ota-bobolarimizning boshidan kechirgan ayanchli kunlari, ularning vatan tinchligini asrash yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlaridan hikoya qiluvchi eksponatlarni kuzatib, huddi o‘zimni tarixga sayohat qilgandek his etdim. Men ham kelajakda ona vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilib, ajdodlarimizga munosib davomchi bo‘laman,–deydi mazkur maktabning 4 “b” sinf o‘quvchisi Jamshidbek Qarshiyev.
Darhaqiqat, vatan muqaddas va azizdir, Uning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash esa, har birimizning vatan oldidagi farzandlik burchimizdir. Ertamiz egalarining vatanni nechog‘lik asrab-avaylash, uning naqadar muqaddas zamin ekanligini his qilayotganliklari esa, nafaqat bugunimiz balki, ertangi kunimizga bo‘lgan ishonchdan dalolatdir. Tadbir so‘ngida Qurolli kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi.