Dastavval mehmonlar jafokash va matonatli ona – Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib tazim bajo keltirishdi. Shundan so‘ng, “Shon-sharaf” davlat muzeyida ham bo‘lib, eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ta’kidlash kerak, Belarus Bosh vaziri Gʻalaba bog‘i va “Shon-sharaf” muzeyi bo‘ylab sayohatini yuqori baholab, mazkur maskan unda katta taassurot qoldirganini e’tirof etdi.