“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz san’atkor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Marat Hakimovning 65 yillik yubileyi hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Vohidovning tavallud ayyomi tantanali ravishda o‘tkazildi. Aytish joizki, Marat Hakimov hamda Shuhrat Vohidovlar o‘zining ko‘p yillik samarali xizmati o‘laroq yurtimizda o‘tkazilayotgan turli davlat tadbirlari hamda mamlakatimizning olis go‘shalarida xalq va armiya birdamligini mustahkamlashdagi ma’naviy va ma’rifiy kechalarda ona vatanni tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlarni ijro etib, xalqimiz va shogirdlari orasida cheksiz hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqdalar. Tadbirda ustoz san’atkorlarga “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali, esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar taqdim etildi. Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan taqdim etilgan kuy va qo‘shiqlar kechaga o‘zgacha hush kayfiyat ulashdi.