Jumladan, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yurtimizda qad rostlagan "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi chin ma’noda tashrif buyuruvchilarga o‘tmishga sayohat qilish imkonini bermoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Joriy yilninig 26 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasininig Osh shahridagi "Promitey vuderking" maktabining 40 ga yaqin o‘quvchilari ustozlari bilan birgalikda ushbu maskanga sayohat uyushtirdi. Majmua faoliyati bilan yaqindan tanishgan yoshlar O‘zbekiston xalqininig Ikkinchi jahon urushi davridagi ayanchli taqdiri bilan bog‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Ayniqsa, majmua tarkibidagi "Shon-sharaf" davlat muzeyidagi noyob eksponatlar va nodir materiallar ularda katta taassurot qoldirdi.
- O‘zbek va Qirg‘iz xalqini azal-azaldan mehr oqibat va do‘stlik rishtalari bog‘lab kelgan. Ushbu maskanni kuzatar ekanmiz, o‘zbekiston xalqininig naqadar fidoiy, mard va jasur, shuningdek, mehr-oqibat borasida insoniyatga o‘rnak bo‘la oladigan buyuk xalqlardan ekaniga guvoh bo‘ldik. Ushbu maskan biz kabi yoshlarga ona vatan tinchligi naqadar ulug‘ ne’mat ekanligini kuchliroq anglashga undaydigan qutlug‘ dargoh desak mubolag‘a bo‘lmaydi,- deydi Qirg‘izistonlik yoshlar.