Tadbirda soʻz olganlar soʻnggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, uning oʻlmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hususida atroflicha maʼlumotlar berishdi. Shuningdek, tadbirda Mudofaa vazirligi “Turon” davlat harbiy teatri sanʼatkorlari tomonidan buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bagʻishlangan teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarini ijro etdi. Ayniqsa, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan Alisher Navoiy gʻazallariga bastalangan ijod namunalari barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.