Dastavvat mehmonlar majmuaninig bog‘ hududidan o‘rin olgan Zulfiya Zokirova yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, matonatli o‘zbek ayoliga hurmat-ehtirom ko‘rsatishdi. Shundan so‘ng, majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi ikkinchi jahon urushi davriga oid noyob materiallar va eksponatlar bilan yaqindan tanishib, O‘zbekiston xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.