Birinchi oʻzbek Generali Sobir Rahimov tavalludining 120-yilligi keng nishonlandi
Birinchi oʻzbek Generali Sobir Rahimov tavalludining 120-yilligi keng nishonlandi
Birinchi oʻzbek Generali Sobir Rahimov tavalludining 120-yilligi keng nishonlandi
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida birinchi Oʻzbek Generali Sobir Umarovich Rahimov tavalludining 120-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida Majmua jamoasi poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Birodarlik qabristonida Sobir Rahimov sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik poyiga gul qoʻyib, hurmat-ehtirom koʻrsatdi.

“Xotira muqaddas – Inson qadri aziz” mavzusida oʻtkazilgan kechada, genral-mayor Sobir Rahimovning yaqinlari, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Raspublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda soʻz olganlar general – mayor Sobir Umarovich Rahimovning Ikkinchi jahon urushi davridagi  harbiy faoliyati, vatan tinchligini asrash yoʻlida koʻrsatgan qahramonligi hususida soʻz yuritdi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi davrida tinchlik uchun kurashgan fidoiy insonlarning xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etib, yoshlarga namuna sifatida koʻrsatish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Men bugun juda hayajondaman. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida togʻam, yaʼni onamning akasi general-mayor Sobir Rahimov tavalludining 120-yilligi keng nishonlanmoqda. Buning uchun majmua mutasaddilariga oilamiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman.– deydi Dilorom Xonnazarova.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Shundan soʻng, Qurolli kuchlar ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar taqdim etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing