Tashrif chogʻida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikmizning barcha viloyatlaridan kelgan ijodiy tanlov qatnashchilari “Matonat madhiyasi” deb nomlanmish Zulfiya Zokirova haykali poyiga gulchambar quyib, qahramon oʻzbek onasiga hurmat bildirishdi.
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgan tanlov tashkilotchilarida, qatnashchilarida, ularning ustozlarida majmuada va muzeyda oʻrnatilgan xalqimiz qahramonligini, fidoiyligini va matonatini aks ettiruvchi noyob va nodir eksponatlar, ekspozitsiyalar katta taassurot qoldirdi.